// Buyuk ma'naviy murshid » аудиокниги, литература на иностранных языках. Books, Audiobooks, Literature in Foreign Languages
 
Случайная книга
Информация к новости
  • Просмотров: 681
  • Автор: renato
  • Дата: 24-10-2012, 16:48
  • 0
24-10-2012, 16:48

Buyuk ma'naviy murshid

Категория: Uzbek » Non-fiction (Uzbek)

Buyuk ma'naviy murshid

Author: Botirxon Valixo'jayev
Publisher: O’zbekiston FA «Fan» nashriyoti
Publication date: 2004
Format / Quality: Pdf
Size: 851 Kb

Akademik Boturxon Valixo’jayevning «Xoja Ahrori Vali» mavzuidagi turkum asarlarida faqat islomiy marifat rivojida muhim o’rin tutgan mutafakkir siymo hayoti va faoliyatigina emas, balki Sharq madaniyatiga sezilarli ta’sir o’tkazgan ulug’ allomalar Burhoniddin Sog’arjiy, Fazlulloh Abullaysiylar xonadonidan yetishib chiqqan mashhur kishilar haqidagi haqiqatlar ham yoritiladi.
Olim «Xojalar xojasi – Xoja Ubayd» (Bobur ta’rifi) tarixi haqida mulohaza yuritar ekan, haqli ravishda «Nahotki, xalq «qotil» va «johil»ni bir Necha o’n yillar emas, balki bir Necha yuz yillar davomida shunchalik e’zozlasa? Bunga qo’shimcha ravishda o’z davrining ulug’ mutafakkir va shoirlari – Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur nega Xoja Ahrorni o’zlarining ma’naviy pirlari, murshidlari sifatida ehtirom qiladilar, unga bag’ishlab asarlar bitadilar, uning asarlarini o’zbek tiliga o’giradilar? Yoki bu allomalar uning kimligini bilmasmi edilar?» (62-bet), Deya savol qo’yadi. Olimning o’zi qo’ygan savolga javoban kitobda keltirilgan Xoja Ahrori Vali hayoti tafsilotlari, ilmiy va siyosiy faoliyatining hozircha fanga ma’lum bo’lgan mukammal tavsifi, XX asr G’arb va xorijiy Sharq olimlari bildirgan fikrlarning ilmiy tahlillari o’quvchini ham ajablantirgan yuqoridagi savolga oydinlik kiritadi.
Xoja Ahrori Vali shaxsi o’z davrining ma’naviy talabi, faylasuflar tili bilan aytganda, o’sha davr uchun zarurat edi. Unga qo’l bergan shahzodalar uning maslahatlariga kirib xato qilmadilar. U qonli urushlar yo’liga ko’ndalang turdi, aka-uka shahzodalarni yarashtirdi. U tarbiyalagan muridlardan shayxul-islom Abdurahmon Jomiylar, Alisher Navoiylar yetishib chiqdi. Hazrat Amir Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» asarida ta’kidlaganiDek, Hoja Ahrori Vali o’sha davr Movarounnahru Xurosonining murabbiysi, nigahboni edi. Xoja Ahror shohlar karamiga, muruvvatiga muhtoj emas edi, balki shohlar uning oqilona maslahatlariga muhtoj edilar. Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida yozganiDek: «...Movarounnahr salotuni o’zlarini alarning muridzodalari va mahkumi hukmi tutar edilar. Yo’qki, yolg’uz Movarounnahr salotuni, balki Xuroson va Iroq va Ozarbayjon, hattoki bir saridin Rum va Misrg’acha va bir saridin Xitoy va Hindgacha barcha muluk va salotin o’zlarin Xo’janing mahkumi va ma’muri farmoni tutar erdi...».


Mundarija:

So’z boshi
Naqbandiyaning shuhratli mash’ali
Murshidi komil

Kirish

Xoja Ahrori Vali
Xoja Ahrori Valini anglashga intilish
Xoja Ahrori Valining davri va tarjimai holi
Xoja Ahrorning fazilatlari, merosi va aqidalari
Xoja Ahrorning aytganlari, hikmatlari
Yaxshilar qutbi va madadkori hazrat Xoja Ahrorning vafoti tarixi.
Xoja Ahrorning shuhratli muxlislari
Ahroriylar faxri

Xoja Ahrori Vali shajaralari
Shayx Xovandi Tahur
Abu Bakr Qaffoli Shoshiy

Xulosa o’rnida


Внимание! У вас нет прав для просмотра скрытого текста.

Автор(ы): Botirxon Valixo'jayev

Еще в этой категории:
Более новых  материалов нет

    Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
    Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
    Информация
    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

    Архив новостей

    Март 2024 (3)
    Февраль 2024 (5)
    Январь 2024 (3)
    Декабрь 2023 (4)
    Ноябрь 2023 (4)
    Октябрь 2023 (7)
    ^