// Omen (Iblis hamlasi) » аудиокниги, литература на иностранных языках. Books, Audiobooks, Literature in Foreign Languages
 
Случайная книга
Информация к новости
  • Просмотров: 765
  • Автор: renato
  • Дата: 24-10-2012, 16:18
  • 0
24-10-2012, 16:18

Omen (Iblis hamlasi)

Категория: Uzbek » Thriller/ Horror (Uzbek)

Omen (Iblis hamlasi)

Author: David Seltzer
Format: doc
Language: Uzbek

Romandan parcha:

Hammasi soniyaning mingdan bir ulushicha vaqt ichida yuz berdi. Galaktikalardagi asrlarga tatiguvchi harakat bir lahzada sodir bo’ldi. Keyp Xetti rasadxonasidagi yosh astronom hayratdan qotib qolgandi. U ancha kech qolgandi va fotokamera sodir bo’lgan hodisani bilinar-bilinmas tarzda muhrladi: uchta yulduz burjining bir-biriga yaqinlashishi oqibatida yana bir yorqin yulduz paydo bo’lgandi. Ja’diy, Saraton va Asad burjlaridan ajralib chiqqan mayda zarralar shunday aniqlik bilan bir-biriga kirishib ketdiki, natijada yangi bir samoviy jism paydo bo’ldi. Jism borgan sari yorqin nur socha boshladi va burjlar titrab ketdi, balki astronomning qo’llari hayajondan titragani uchun shunday tuyulgandi.
U bu hodisaga guvoh bo’lgan yagona inson ekanligidan qo’rqardi. Ammo yer qa’ridan shovqin eshitildi. Bu odamlarning shovqini bo’lsada, jazavaga tushayotgan mutaassiblarniki emasdi. G’orlarda, yerto’lalarda ko’z yoradigan ayollar yig’ilishgan, ular roppa-rosa yigirma ming nafar edilar. Ular bir-birlarining qo’llarini ushladilar. Ularning ovozlari tobora qattiqroq eshitila boshladi va osmonga ko’tarilib so’ng yerning qoq yuragiga urildi.
Oltinchi oy, oltinchi kun, oltinchi soat edi. Eski Ahd kitobida ayni mana shu daqiqalar aytilgandi. Aynan mana shu lahza Yerning taqdirini o’zgartirishi kerak edi. Yer yuzidagi barcha urushlar ulkan bir voqea oldidan insoniyat uchun shunchaki tayyorgarlik sinovi edi xolos. Kashfiyotlar kitobida bu allaqachon aytib o’tilgandi…
Olis osmon qa’rida yangi yulduz yanada tovlana boshladi va odamlarning qo’shig’i avjiga chiqdi.
Qadimiy Megiddo shahrida yashovchi qariya Bugengagen buni his etdi va yig’lab yubordi. Endi uning barcha yozganlari keraksiz matohga aylanib qolgandi. Yuqorida, Isroilda esa bir guruh talaba-arxeologlar bir daqiqaga ishlarini to’xtatdilar. Ular belkuraklarini tashlab, sukut saqlashdi: talabalarning oyoqlari ostidagi yer silkina boshladi.
Vashington-Rim yo’nalishi bo’yicha uchayotgan samolyotda Jeremi Torn o’tirardi. U ham qandaydir g’alati tuyg’uni his etdi va darhol xavfsizlik kamarini taqib, o’z fikrlariga cho’mdi.
Agar u bu tuyg’uning asl sababini bilganida ham endi hech narsani o’zgartira olmasdi. Chunki bu vaqtda Jeneral gospitalining yerto’lasida uning endigina dunyoga kelgan farzandining boshi tosh bilan majaqlab tashlangandi.


Внимание! У вас нет прав для просмотра скрытого текста.

Автор(ы): David Seltzer

Еще в этой категории:
« Stiven King dunyosi (23.10.2012) |
Более новых  материалов нет

    Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
    Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
    Информация
    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

    Архив новостей

    Апрель 2024 (4)
    Март 2024 (10)
    Февраль 2024 (5)
    Январь 2024 (3)
    Декабрь 2023 (4)
    Ноябрь 2023 (4)
    ^