// Олтин зангламас - Oltin zanglamas » аудиокниги, литература на иностранных языках. Books, Audiobooks, Literature in Foreign Languages
 
Случайная книга
Информация к новости
  • Просмотров: 4222
  • Автор: renato
  • Дата: 22-10-2012, 23:09
  • 0
22-10-2012, 23:09

Олтин зангламас - Oltin zanglamas

Категория: Uzbek » Classic Prose/ Poetry (Uzbek)

Олтин зангламас - Oltin zanglamas

Author: Шуҳрат
Publisher: Тошкент,."Шарқ"
Publication date: 2004
Number of pages: 256
Format / Quality: PDF
Size: 17,9 Mb
Language:Uzbek

Олтин зангламас - Oltin zanglamas


SHUHRAT
(1918-1993)


G`ulomjon Aminjon o`g`li Alimov - Shuhrat o`zbek adabiyoti rivojiga o`zining she`riy, nasriy, dramatik asarlari bilan munosib hissa qo`shgan kishidir.
Shuhrat 1918-yilda Toshkentda tavallud topgan. 1936-1940-yillar davomida Nizomiy nomidagi TDPU da tahsil olgan. 1941-1944-yillarda esa II Jahon urushida qatnashdi. Urushdan keyingi yillarda esa asossiz qamoqqa olinadi. 1955-yilga kelibgina u batamom oqlandi.
Shuhrat adabiy ijod maydoniga 30 yillarning o`rtalarida kirib kelgan. 1940-yilda shoirning «Mehrol», «Orzu va qasos» poemalari bosilib chiqdi.
Shuhratning «Sening sevging» (1961), «Ishqingda yonib» (1964) to`plamlari tanqidchilar tomonidan yuksak baholandi. Shoirning «Kavkaz daftari», «Shinelli yillar daftari», «Dunay sohillari» kabi turkum she`rlarida urush xotiralari, safar taassurotlari kabi mavzular yoritilgan.
Shihrat nasrda ham barakali ijod qilgan. Uning «Shinelli yillar», «Oltin zanglamas», «Jannat qidirganlar» kabi nasriy asarlari xalq orasida mashhurdir.
Shuhrat dramaturgiyada ham yetarlicha ijod qilgan dramaturgdir. Uning «Besh kunlik kuyov», «Qo`sh qaringlar», «Ona qizim» kabi pyesalari respublika miqyosidagi teatrlarda sahnalashtirilgan.
Adib umrining so`nggi o`n yili og`ir xastalikda o`tdi. Lekin shunga qaramasdan uning hayotga bo`lgan mehri kuchli edi. U o`sha xastalik chog`larida ham ijod bilan shug`ullandi.
O`zbek she`riyati, nasri va dramaturgiyasiga qo`shgan qissasi e`tiborga olinib Shuhratga «O`zbekiston Xalq yozuvchisi» oliy unvoni berildi.



«MEN TIRIKMAN, TO OLAMDA SO'ZIM BOR»


O'tgan asrning 60-70-yillarida o'smirlar orasida «Dil daftar»lar tutish rasm bo'lgan edi. Unda turli bezak va sinfdoshlarning fotosuratlaridan tashqari, dilni qitiqlaydigan bir qancha savollar bo'lardi: «Baxt nima?», «Muhabbat bormi?», «Qanday kasb egasi bo'lishni orzu qilasiz?» va hokazo. Ana shular qatori, albatta, «O'qigan kitoblaringizdan qaysi biri sizga ko'proq yoqadi?» degan savol ham bo'lardi. Aksariyat o'quvchilar Abdulla Qodiriyning «O'tgan kunlar»idan keyin Shuhratning «Oltin zanglamas» romanini qayd etardi. Qiziq, maktab o'quvchilariga u qadar yaxshi ma`lum bo'lmagan 30-yillarning murakkabliklari, ikkinchi jahon urushi manzaralari aks etgan asar nega bunchalar mashhur bo'lgan, sevib o'qilgan ekan?

Внимание! У вас нет прав для просмотра скрытого текста.

Внимание! У вас нет прав для просмотра скрытого текста.


Password: turklib

Автор(ы): Shuhrat

Еще в этой категории:

    Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
    Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
    Информация
    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

    Архив новостей

    Март 2024 (6)
    Февраль 2024 (5)
    Январь 2024 (3)
    Декабрь 2023 (4)
    Ноябрь 2023 (4)
    Октябрь 2023 (7)
    ^